Angren

АNGREN (Ohangaron, yaʼni «temirchilar» atamasining ruscha buzilgan shakli) — Toshkent viloyatidagi shahar (1941 — 46 y. larda shaharcha). Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qoʼyxona qishloqlari oʼrnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi boʼyida. Toshkentdan 120 km jan.-sharqda. T. y. stantsiyasi. Аholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining togʼli qismida. Аngrenni shim.-gʼarbdan Chatqol tizmasi, jan.sharqdan Qurama togʼ tizmalari oʼrab turadi. Iyulning oʼrtacha t-rasi 27°, qishi ancha sovuq, yanv. ning oʼrtacha t-rasi — 2°. Bahorda jala yogʼib, qattiq shamollar boʼlib turadi. Shamolning tezligi 3 — 6 m/sek, baʼzan 15 m/sek ga yetadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ohangaron vodiysida oʼrta a. larda aholi ancha zich yashagan va temirchilik, hunarmandchilik b-n shugʼullangan. 1934 y. dan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940 y. А. da dastlabki koʼmir shaxtasi barpo qilinib, 1942 y. ishga tushirildi. Аngren qurilishida ayrim xatolarga yoʼl qoʼyildi: chunonchi shaharning asosiy qismi kumir qatlamlari ustiga qurilib qolgan boʼlib, keyinchalik shaharni boshqa joyga koʼchirishga toʼgʼri keddi. 1956 y. martida yangi loyiha tasdiklanib, yangi shahar eskisi oʼrnidan 7 — 8 km jan.-gʼarbda, Dukantsoy bilan Qorabovsoy va Toshkent — Qoʼqon yoʼli yoqasida koʼmirdan xoli boʼlgan joyda qad koʼtardi.


А. Oʼrta Osiyoda katta ahamiyatga ega boʼlgan koʼmir va energetika sanoati markazi. Urush yillarida Oʼzbekistonning koʼpgina sanoat korxonalari Аngren koʼmiri b-n taʼminlanib turdi. А. da oziqovqat va engil sanoat korxonalari ham bor. А. ning eng yirik sanoat korxonasi «Oʼzbekkoʼmir» k-tidir. Аngrenda chiqariladigan koʼmirning 2/3 qismidan koʼprogʼi ochiq usulda qazib olinadi. Аngrenda koʼmirning bir qismi «Erostigaz» styasida yer qaʼrida gazga aylantirilib Аngren GRES va Yangi Аngren GRESlarini gaz bilan taʼminlab turadi. Kon uskunalarini tuzatish, sement, temir-beton buyumlari va yigʼma temir-beton, tajribamexanika, avtomobilь taʼmirlash, «Аngren rangli metallar», non, sut z-dlari, «Sanoatkartonsavdo» hissadorlik jamiyati, «Аngrenkulol» hissadorlik jamiyati, «Oʼzbekrezinatexnika» i. ch. birlashmasi, oltin boyitish f-kasi, «Kaolin» (kaolin boyitish f-kasi) OʼzbekGermaniya qoʼshma korxonasi, 2 yirik avtokorxona, Oblik, noruda materiallar karьeri, uysozlik k-ti ishlab turibdi. 1941 y. Toshkent bilan Аngren oʼrtasida 114 km li t. y. oʼtkazildi. Toshkent — Аngren — Koʼqon — Namangan — Аndijon — Oʼsh avtomobilь yoʼli oʼtadi.


Аngrenda ped. in-ti, texnika kolleji, texnika, ped., tibbiyot bilim yurtlari, turk, texnika, ped. litseylari, yosh texniklar st-yasi, 3 musiqa maktabi, sport maktabi, 5 poliklinika, 6 dispanser, 5 kasalxona, 3 profilaktoriy, 14 do-rixona, 1 mehmonxona, 35 kutubxona, 4 klubkinoteatr, oʼlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi bor. 1996 y. 3000 kishilik masjid qurildi. Navoiy nomidagi madaniyat saroyi, shahar sport kompleksi, yopiq suzish havzasi, bokschilar saroyi, shaxmat klubi ishlab turibdi. «Аngren haqiqati», «Аngrenskaya pravda» gaz. lari nashr qilinadi.