АGROMETEOROLOGIK BYULLETEN
АGROMETEOROLOGIK BYULLETEN — agrometeorologi k sharoitlar taxlil qilingan axborotning asosiy shakli. Har oʼn kunlikda gidrometeorologiya markazi tomonidan nashr qilinadi. Аgrometeorologik byulletenь quyidagi boʼlimlardan iborat:
1) oʼn kunlikning gidrometeorologik xususiyatlari (havo va tuproq harorati, yogʼinlar, shamolning yunalishi va tezligi va h. k.); bunda oʼsimlikning oʼsishi va rivojlanishiga qulay yoki noqulay sharoitlar — qorasovuq, garmsel, shoʼzonli boʼron va h. k. alohida qayd qilinadi;
2) ekinlarning oʼsishi va rivojlanishi hamda mollarni oʼtlatishning agrometeorologik sharoitlari. Bu bulimda asosiy q. x. ekinlari (ayniqsa, gʼoʼza)ning rivojlanish surʼatlari, ularning namlik b-n taʼminlanganlik darajasi tahlil qilinadi, ekinzorlar holatiga baho beriladi.
Аgrometeorologik byulletenь Oʼzbekistonda 1927 y. dan boshlab nashr etiladi. 1930 y. dan muntazam chiqarila boshladi.