Ohangaron daryosi
OHАNGАRON DАRYoSI — Toshkent viloyatidagi daryo. Chatqol va Qurama togʼ tizmalaridan oqib tushadigan soylardan hosil boʼladi. Uz. 236 km (Oqtosh-soyning boshlanish yeridan), havzasining mayd. 7710 km2. Chovlisoy quyilgan yerdan Turk qishlogʼiga qadar daryo Ohangaron platosini kesib oʼtgan tor daradan oqadi. Daraning chuq. 250 m (da-ryoning bosh qismida). Yakkaarchasoy quy-ilgan joyida 800 m. Daryo vodiysi juda tor. Turk qishlogʼiga qadar daryoning nishabi katta. Shu joydan vodiy kes-kin kengayadi, Obliq qishlogʼi yaqinida uning kengligi 700 m, Ohangaron sh. yaqinida 4—5 km. Vodiy yon bagʼirlari yotiq, soylik va jarliklar uchraydi. Obliq qishlogʼidan quyida allyuvial koʼhna qayir (terrassa)lar mavjud. Ohan-garon sh. dan oʼtgach, daryo kengligi 8 km li vodiyda oqa boshlaydi. Ohangaron daryosi qor va yomgʼirdan toʼyinadi. Аpr. —iyunda suvi koʼpayadi, eng koʼp suv sarfi may oyida, suvining 51% shu oylarda oqadi. Oʼrta-cha suvi sarfi Turk qishlogʼi yonida 22,8 m3/sek, oʼrtacha yillik suv sarfi 400 m3/sek. Ohangaron daryosining irmogʼi juda koʼp, yiriklari: Аrashon, Yertoshsoy, Toshsoy, Dukantsoy, Qorabayirsoy, Oqchasoy, Niyozboshi, Objazsoy, Gushsoy. 1962 y. da Ohangaron daryosining quyi oqimida «Toshkent dengizi» deb nom olgan Toshkent suv ombori, 1989 y. da Ohangaron suv ombori qurilgan. Daryodan Tanachi-buqa va Yordon kanallari chiqarilgan.