OBERTON

OBERTON (nem. ober — yuqori va ton) — 1) texnikada — asosiy tonga nisbatan ancha yuqori chastotali murakkab tebranishlar (mexanik, tovush va elektr tebranishlari)dan tashkil topgan ton. O. ni rezonator yordamida ajratish mumkin. Har bir davriy jarayon (tebranish) ni, yaʼni tovush, elektr teb-ranishlari va b. ni oddiy tebranish (O.) larga ajratish mumkin. Аgar bar-cha Oberton larning chastotasi asosiy chastota / ga yaxlit koʼpaytmadan iborat boʼlsa (mas, 2/, 3/,…), bunday Obertonlar garmoniklar deyiladi;

2) musiqada — asosiy tovush bilan birga paydo boʼladigan va unga boshqacha tus beradigan tovush. Bir ovoz yoki musika asbobini ikkinchisidan ajratishga imkon beradi. Oberton larning tebranishlar chastotasi asosiy tonikadan 2, 3, 4 va 5 marta yuqori boʼladi.