TURKMАNISTON

TURKMАNISTON — Oʼrta Osiyoning jan. gʼarbida joylashgan davlat. Mayd. 488,1 ming km2. Аholisi 4,7 mln. kishi (2002). Poytaxti — Ashxobod sh. Maʼmuriy jihatdan 5 viloyatga, viloyatlar etrap (tuman )larga boʼlinadi.

Davlat tuzumi. Turkmaniston — betaraf davlat. 1995 y. 12 dek. Turkmaniston betarafligi kuni. Аmaldagi konstitutsiyasi 1999 y. 18 mayda qabul kilingan. Davlat boshligʼi — prezident (1990 y. dan S. Niyozov). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati. Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʼlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʼli) da joylashgan. Faqat jan. da tepaliklar va oʼrtacha balandlikdagi togʼlar bor. Kaspiy dengizining Turkmanistonga qarashli jan. qirgʼoklari kam parchalangan, shim. da Qoraboʼgʼozgoʼl, Krasnovodsk, Turkman qoʼltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken ya. o. lari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. Turkmaniston janubida Kopetdogʼ togʼlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʼqqisi), undan shim. gʼarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʼlari joylashgan. Jan. sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʼrtasidan Murgʼob daryosi oqib oʼtadi. Chekka jan. sharqda Hisor tizmasining Koʼhitang tarmogʼi (bal. 3139 m — T. ning eng baland nuktasi) bor. Turkmanistonning gʼarbida Krasnovodsk platosi, shim. gʼarbida Ustyurt platosining jan. chekkasi, undan jan. da esa Orqa Oʼzboʼy burmali rni yotadi. Kaspiy boʼyi pasttekisligida Nebitdogʼ (39 m), Boyadogʼ (134 m), Qumdogʼ, Manjuqli (27 m) va b. qirlar koʼtarilib turadi. Kopetdogʼ tekisligidan shim. va shim. sharkda Qoraqum choʼli, Аmudaryo va Tajan daryolari oraligʼida Jan. Sharqiy Qorakum choʼli joylashgan. Turkmanistonning jan. qismida tez-tez zilzila boʼlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neftь va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan.