АGRESSIYA

АGRESSIYA (lot. agressio — hujum qilish) , tajovuz — bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan gʼayriqonuniy boʼlgan har qanday kuch ishlatish. Аgressiyaning eng xavfli koʼrinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi ogʼir xalqaro jlnoyat hisoblanadi. BMT Bosh Аssambleyasining 29-sessiyasi (1974) «Аgressiyani belgilash toʼgʼrisida»gi rezolyutsiya yakdillik bilan maʼqullagan. Bilvosita, iqtisodiy va gʼoyaviy Аgressiya tushunchalari ham bor.